Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Karantin vaqtida Uydaqoling.uz portali elektron xizmatlari bilan ishga tushirildi
    10.04.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM Yagona integratori IT-Park yordami bilan birga karantin vaqtida  Uydaqoling.uz portali elektron xizmatlari bilan ishga tushirdi.

    Mazkur portalda aholi uchun karantin rejimida eng dolzarb va muhim xizmatlar ko’rsatilgan. Mazkur portal orqali uydan turib barcha xizmatlardan to‘laqonli foydalanish mumkin. Uydaqoling.uz sayti orqali onlayn tarzda nonushta, tushlik, kechki ovqatlarga buyurtmalar berish yoki mahsulotlarni buyurtma qilish, tibbiy maslahatlar, masofaviy ta’lim olish va hokazo….

    Hozirgi kunga qadar portalda 190 dan ortiq xizmatlar o‘rin olgan. Taqdim etilayotgan  internet-xizmatlari kengaytirib borilmoqda.

    Bundan tashqari, har bir kishi mustaqil ravishda yangi xizmatlarni qo‘shish uchun maxsus аnketa orqali katalogga taklif  berishi mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati