Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkentdagi Amiti Universiteti kirish imtihonlari sanalarini e‘lon qildi
    10.04.2020

    Tasdiqlangan jadvalga asosan, kirish imtihonlari may, iyul va avgust oylarida o‘tkaziladi:

    Tayyorlov umumiy kursiga (International Foundation Studies):

    1. Sanasi 30-may 2020 yil. Yozma test — 10:00-12.00. Intervyu (suhbat) — 13.00.
    2. Sanasi 18-iyul 2020 yil. Yozma test —  10:00-12.00. Intervyu (suhbat) — 13.00.
    3. Sanasi 15-avgust 2020 yil. Yozma test —  10:00-12.00. Intervyu (suhbat) — 13.00.


    Bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga:

    1. Sanasi  31-may 2020 yil. Yozma test — :00-12.00. Intervyu (suhbat)— 13.00.
    2. Sanasi  19-iyul 2020 yil. Yozma test — 10:00-12.00. Intervyu (suhbat) — 13.00.
    3. Sanasi  16-avgust 2020 yil. Yozma test — 10:00-12.00. Intervyu (suhbat) — 13.00.


    Abituriyentlar bakalavr yo‘nalishing (Undergraduate) quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha imtohonlarni topshiradi:

    • Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
    • Kompyuter texnologiyalari va injiniring (Bachelor of Technology (Computer Science & Engineering));
    • Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics);
    • Turizmni boshqarish (Bachelor of Arts (Tourism Administration);
    • Biznesni boshqarish (Bachelor of Business Administration).


    Abituriyentlar magistr yo‘nalishing (Postgraduate) quyidagi mutaxassisliklari bo‘yicha imtohonlarni topshiradi:

    • Axborot texnologiyalari (Master of Science in Information Technology);
    • Biznesni boshqarish (Master of Business Administration).


    ! ESLATIB O'TAMIZ: ro‘yxat imtihon o‘tkazish sanasidan o‘n kun avval yopiladi!

    Murojaat uchun: 
    Universitet rasmiy sayti: http://amity.uz
    Elektron pochta: admission@amity.uz
    Telefon: +998712079006, +998712079007. 

    Manba: Axborot xizmati