Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekiston Internet-tezligi bo‘yicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi
    08.04.2020

    “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi mart oyi 2020 yil natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana 7ta pozitsiyaga ko‘tarildi.

    Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston hozirgi kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida yana 36 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu mazkur davr bo‘yicha eng yuqori o‘sish bo‘ldi.

    Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 2,3 barovar o‘sdi – 11,62 Mbit/c dan (2019 yil mart holatiga) 26,92 Mbit/c gacha (2020 yil mart holatiga).

    Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston  ijobiy natijalarni ko‘rsatdi: hozirgi kunda mamlakatimiz 133-o‘rinni egalab, 2020 yil fevral holatiga ko‘ra bitta pozitsiyaga ko‘tarildi.

    Ma’lumot uchun: Speedtest portali Internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va ma’lumotlarni doimiy ravishda reyting tayyorlaydi va e’lon qiladi.

    Irlandiyalik Ookla kompaniyasi Internet tarmoqlarini, ilova va texnologiyalarini sinov va test o‘tkazuvchi jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri, internet tezligini test o‘tkazuvchi Speedtest portalining ixtirochisi. Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliondan oshiq testlar o‘tkaziladi. Shunga tufayli kompaniya dunyo miqyosida tarmoqlarning ishlab chiqish quvvati, sifati va ommabopligi haqida batafsil va noyob ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Hozirgi holatiga ko‘ra umumjaxon foydalanuvchilari tomonidan Speedtest portalida 28,2 milliardan ortiq testlar o‘tkazildi.

     

    Manba: Axborot xizmati