Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda kibersport bo‘yicha “Adrenaline Online Cyber Cup” onlayn musobaqa o‘tkaziladi!
    04.04.2020

    2020-yil, 16-apreldan 18-aprelga qadar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi IT-Park va Adrenaline Rush bilan birga FIFA и Counter Strike:GO boʻyicha kibersportga oid onlayn musobaqani tashkil qilmoqda.

    Musobaqa butun jahonga mashhur FACEIT platformasida Qozogʻiston Respublikasi serverlarida boʻlib oʻtadi.

    Musobaqaning birinchi kuni Counter Strike:GO boʻyicha oʻyinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa bo3 olimpiya tizimi boʻyicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi oʻrin uchun ikkita match kutadi.

    FIFA matchlari guruhlarga boʻlinadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni boʻyicha belgilanadi.

    Bundan tashqari, IT Parkʼning rasmiy YouTube kanalida o'yinlar ham efirga uzatilib boriladi.

    Sovrin fondi 60 million soʻmni tashkil qiladi!
     

    Sovrinli oʻrinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

    Counter Strike:GO:

    1-o’rin — 25 million soʻm;

    2-o’rin — 15 mln. soʻm;

    3-o’rin — 10 mln. soʻm.
     

    FIFA:

    1-o’rin — 5 million soʻm;

    2-o’rin — 3 million soʻm;

    3-o’rin — 2 miilion soʻm.


    Musobaqa gʻoliblari sovrinlarni jamoa sardori yoki oʻyinchisiga tegishli debet kartaga mablagʻni oʻtkazish yoʻli bilan olishadi.

    Musobaqada respublikamizning qaysi burchagida yashashidan qatʼiy nazar, mutlaqo barcha qatnashishi mumkin. Muhimi, ishtirokchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlsa kifoya.

    Musobaqaning markaziy matchlarini Oʻzbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil “BATKA” va Sergey “Greed” sharhlab boradilar.

    Arizalarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 2020-yil 14-aprel

     

    Musobaqaning boshlanish vaqti: 16-aprel,14:00

    Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: http://esport.itcenter.uz/

    Manba: Axborot xizmati