Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha Universiteti birinchi imtihonga kirish hujjatlarini qabul qilish jarayonini uzaytirdi
    31.03.2020

    Toshkent shahridagi Inha universitetiga kirishni xohlovchilar 10- aprelgacha “Komputer va dasturiy injiniring” (SOCIE) yoki “Logistika” (SOL) fakultetiga o‘z hujjatlarini topshirishlari mumkin.

    Buning uchun universitet saytidagi ro‘yxatdan o‘tish shaklini to‘ldirish va quyidagi hujjatlarning nusxalarini jo‘natish kerak:

    • passport nusxasi;
    • o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejini bitirganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma yoki diplom.
    • 3,5 x 4,5 hajmdagi fotosurat;
    • IELTS yoki TOEFL iBT sertifikati.

    Agarda siz o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejida o‘qishni bitirmagam bo‘lsangiz, unda mazkur o‘quv muassasadan o‘qiganligingiz haqida ma‘lumotnomani taqdim etishingiz kerak.

    Birinchi kirish imtihonlari:

    • “Komputer va dasturiy injiniring” (SOCIE) kirish uchun 25 aprel kuni o‘tkaziladi;

    • “Logistika” (SOL) fakultetiga kirish uchun 26 aprel kuni o‘tkaziladi.

    Ikkita fakultetiga bitta fan — Matematika fani topshiriladi. Shartli ravishda quiydagi sertifikatlarni taqdim etish lozim:

    • SOCIE uchun — 5 ball natijasidan past bo‘lmagan IELTS sertifikati, 50 ball natijasidan past bo‘lmagan TOEFL iBT sertifikati;

    • SOL uchun — 5,5 ball natijasidan past bo‘lmagan IELTS sertifikati, 71 ball natijasidan past bo‘lmagan TOEFL iBT sertifikati.

    Saytda ko‘rsatilgan talablarga (https://inha.uz/pages/185) javob beradigan xorijiy talabalar ingliz tilini bilganligi to‘g‘risida sertifikatni taqdim etganlaridan keyin universitetga imtihonsiz qabul qilinadi.

    Kirish jarayoni va imtihonlar haqida batafsil ma‘lumotlarni universitetning rasmiy veb-saytida ko‘rish mumkin: https://inha.uz/pages/190.

     

    Manba: Axborot xizmati