Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jamoatchilikni koronavirus to‘g‘risida xabardor qilish va uni tarqalishda oldini olish uchun koronavirus (COVID-19) to‘g‘risida rasmiy veb-sayt ishga tushurildi
    24.03.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM Yagona integratori hamda Sog‘likni saqlash vazirligi bilan birga jamoatchilikni koronavirus (COVID-19) to‘g‘risida xabardor qilish va uni tarqalishda oldini olish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida rasmiy veb-saytini — http://coronavirus.uz/uz ishga tushurdi.

    Veb-saytda ma’sul vazirlik va idoralar tomonidan koronavirus tarqalishini oldini olishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida dolzarb informatsiya chop etilgan.

    Saytda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va xorijdagi elchixonxonalarimizda faoliyat ko‘rsatayotgan vakil xodimlari bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar ham ko‘rsatilgan.

    Yangilik va statistik ma’lumotlardan tashqari koronavirus (COVID-19): uning alomatlari, xavf guruhlari, diagnostikasi va yuqtirishni oldini olish uchun me’yorlar haqida ma’lumot ham bor.

     

    Manba: Axborot xizmati