Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Xabar” gazetasi 28 yoshda!
    20.03.2020

    21 mart kuni “Xabar” gazetasining ilk soni chop etilganiga 28 yil to‘ladi. Navro‘z umumxalq bayrami, “Xabar” gazetasi xodimlari uchun qo‘shaloq bayram. “Xabar” gazetasi jamoasida qanchadan-qancha yosh jurnalistlar shu yerda o‘z bilimlarini oshirib katta hayotga qadam tashlagan.

    Bugungi kunda, gazeta ijodkorlari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini keng jamoatchilikka yoritib kelmoqda. Jamoaning targ‘ibot-tashviqot ishlari har doim qadrlanib kelingan.

    Bugun 20 mart kuni  O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri Shuhrat Sodiqov tahririyatga kelib, gazeta faoliyati bilan yaqindan tanishib, barcha xodimlar bilan ochiq suhbatlashdi. Xodimlarni qo‘shaloq bayram bilan tabriklab, vazirlik sovg‘alarini topshirdi.

    O‘tgan yili ham shu sanada AKT vaziri gazeta ijodiy jamoasi bilan dildan suhbatlashgandi.

    Ma’lumot uchun: Gazeta muassisligida 2017 yilda “Xabar.uz” axborot-tahiliy portali tashkil etilgan.

    Manba: Axborot xizmati