Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi
    19.03.2020

    Bugungi zamonda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi va ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o‘sishiga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, va ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, va yana bir muhim afzallik — korrupsiyaga chek qo‘yadi.

    Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida ham ko‘rsatilgan edi. Bu borada “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini va hayot sifatining barqaror yaxshilanishini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish va “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.

    Ushbu qaror bilan, 2020-2021 yillarda joriy etiladigan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati, “Raqamli Toshkent” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi, 2020 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati, 2021- 2023 yillarda istiqbolli axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi.

    Dasturning asosiy vazifasi etib shahar xizmatlarini boshqarish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ishlab chiqarish, yo‘l transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish va keyinchalik muvaffaqiyatli tajribani respublikaning boshqa hududlarida tatbiq etish belgilandi.

    Hozirgi davrda sivilizatsiya rivojlanishining bosh tendensiyalaridan biri — shaharlarda istiqomat qiluvchi aholining ko‘payishi va shahar asosiy iqtisodiy drayverlarga aylanib kelishi. Tabbiyki, shu nuqtai nazardan shaharlarda istiqomat qiluchi aholi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilishi muhim vazifadir. Va shu tarzda raqamli texnologiyalar katta ko‘mak beradi.

    Raqamli texnologiyalar shaharlarni boshqarish tizimini yangi bosqichga ko‘taradi: nafaqat vaqt va mablag‘larni keskin sarflaydi, shu bilan birga keng aholini jamg‘arishga imkon yaratadi. So‘nggi yillarda dunyoda “Raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda — o‘ta zamonaviy, yangi qiyofaga ega shahar. Agarda biz ham shaharlarimizni zamonaviy tendensiyalarga mos rivojlantirmoqchi bo‘lsak, aholi va mehmonlarimiz uchun qulay shart-sharoit yaratmoqchi bo‘lsak, mazkur masala biz uchun dolzarb ahamiyatga ega.

    Avvalombor raqamli iqtisodiyot o‘zi nima ekanligini yaxshilab tushunib yetishimiz lozim.

    Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hisobiga mehnat unumdorligi va mahsulotning raqobatbardoshligiga, ishlab chiqarish xarajatlarini pasayishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi.

    Qayerda “Raqamli iqtisodiyot” va “Elektron hukumat”ga o‘tilgan bo‘lsa, odamlarning og‘iri yengil bo‘layotgani, davlatning katta-katta sarf-xarajatlari tejalayotgani, korrupsiyaning oldi olinayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

    Shu tajribadan kelib chiqib, poytaxtimizning o‘ta zamonaviy makonga aylanish, iqtisodiy va turistik salohiyatini o‘stirish maqsadida “Raqamli Toshkent” nomli yirik va ko‘p tarmoqli loyihalar ishlab chiqildi. Mazkur tizimini joriy etish, uni sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

    Xo‘sh, mazkur hujjatning mohiyati nima? Mazkur loiyha ko‘p tarmoqli loyiha bo‘lib, o‘z ichiga bir qator soha va tarmoqlarini qamrab oladi. “Tibbiyot muassasalari pasporti”, “UzTrans”, Turistlar hisobini yuritish bo‘yicha “Ye-Mehmon” va boshqa axborot tizimlari aholi hamda mehmonlarga katta qulaylik yaratadi.

    Masalan, elektron tibbiyot kartasi joriy etilsa, shifokorlarning qog‘oz to‘ldirishga ketadigan vaqti ancha qisqarib, aholi bilan ishlashi uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi.

    Shu maqsadda Toshkent shahridagi 15 ta ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz, 11 ta ko‘p tarmoqli va 62 ta poliklinika “Yagona elektron tibbiy karta” va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulanib, xususiy klinikalar bilan integratsiya qilinadi. Bunday tizim boshqa soha va tarmoqlarda ham tatbiq etiladi.

    Agarda qisqagina boshqa yo‘nalishlariga nazar tashlasak, bu borada muhim va dolzarb vazifalar turibdi.

    Jumladan, bolalar bog‘chasi, masofaviy ta’lim, shahar jamoat transportlari uchun yagona elektron chipta, qurilishni nazorat qilish, elektron tibbiyot kartasi kabi yangi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha mazkur loyihada o‘rin olgan.

    Bugungi kunda Toshkent shaxrida 600 dan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi Internetga ulangan. Ammo ushbu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar hali ham yetarli darajada emas.

    Telekommunikatsiya infratuzilmasi 2 yil mobaynida barcha 1,5 mingdan ziyod ijtimoiy soha ob’ektlari (maktab, bog‘cha va sog‘liqni saqlash) yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash ishlarini yakuniga yetkazishi rejalashtirilgan.

    Davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, barcha davlat muassasalarini yuqori tezlikda ma’lumot uzatish tarmog‘iga ulash, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash keng ishlar olib boriladi.

    “Raqamli Toshkent”, shubhasiz, o‘ta yirik yuqori moliyaviy va inson manbalarni talab etadigan loyihadir. Va bu jarayonlarga nafaqat hukumat, sherikchilik asosida aholini va xususiy tadbirkorlarni ham joriy etilishi nazarda tutilgan. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur loyihani birgalikda amalga oshirishi ahilligimizni kuchaytiradi, fuqarolarimizni ijtimoiy hayotda va O‘zbekiston ravnaqiga, Toshkent rivojiga hissa qo‘shishda faolligini yanada oshiradi. 

    Manba: Axborot xizmati