eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabida onlayn ta'lim yo'lga qo'yildi
    18.03.2020

    Joriy yilning, 16-mart kunidan barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, shuningdek, Muhammad аl-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabda muddatdan oldin bahorgi ta'til e’lon qilindi.

    Ammo o‘quv jarayoni to‘xtagani emas. O‘quvchilar o‘qishni davom ettiraveradi, biroq darslar endi masofaviy, onlayn tarzda o‘tkaziladi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o'qituvchilari  birgalikda onlayn darslar ishlab chiqdi. O'quvchilar fanlarni onlayn o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. 

    Bundan tashqari, maktab sinf rahbarlari bilan birgalikda har bir o'quvchi bilan Google Education platformasi orqali individual yondashuv yo'lga qo'yilgan. O'qituvchilar o'quvchilar bilan o'zaro masofaviy ta'lim olib bormoqdalar. Bunday imkoniyat o'quvchilarni qolib ketgan darslarini o'zlashtirish va o'z bilimlarini mustahkamlashda yordam beradi.

    Manba: Axborot xizmati