Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Vazirlik xodimlari “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etdi
    14.03.2020

    14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan butun mamlakat bo‘ylab “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.

             Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yoygan ushbu yirik aksiya “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida har bir insonning daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy kadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
    Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida Vazirlik  hududi obodonlashtirildi, yo'lak va ariqlar chiqindi va shox-shabbalardan tozalanib, tartibga keltirildi.  Vazirlikning barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalari xodimlari ham hasharda faol ishtirok etdilar.

             Ko‘kalamzorlashtirish, obodlik va ona tabiatga mehr timsoli bo‘lgan hashar tadbirlari vazirlik jamoasining ahil-inoqlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ularini yanada jonlanishiga katta  hissa qo'shadi.

    Manba: Axborot xizmati