Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Taniqli xalqaro ekspert Toshkentda master-klass o‘tkazadi!
    13.03.2020

    IT-Park USAID bilan birga taniqli bolgariyalik ekspert Ivaylo Georgiyevning IT-loyihalarni boshqarish va qo‘llab-quvvatlash bo'yicha  master-klass o'tkazadii. Master-klass 20 mart kuni Amiti universitetida  bo'lib o'tadi.

    Master-klass bir qator muhim masalalarga bag‘ishlanadi:

    • Jarayonni baholash: Jarayonni baholashda qanday nosozliklar mavjud?
    • Yetkazib berishning kechikishi: Topshiriqlarni bajarish davomiyligini qanday samarali boshqarish kerak?
    • Oʻzgaruvchan bozor ehtiyojlari: Mijozlarimizning oʻzgaruvchan ehtiyojlarini qanday qondirish kerak?
    • Koʻp vazifalilik: Qanday qilib dasturiy taʼminotni ishlab chiqishni jamoada qoʻllab-quvvatlash faoliyati bilan birlashtirish kerak?

    Bundan tashqari Ivaylo turli model va freymvorklar — Scrum’dan boshlab to PMBOK gacha haqida gapirib beradi. Agar siz: Product/project menejeri, IT-kompaniyalari asoschisi yoki direktori boʻlsangiz, bu siz uchun qiziqarli boʻladi.

    Master-klass ingliz tilida o‘tkaziladi va rus tiliga tarjima qilinadi. Master-klass formati: maʼruza va savol-javob sessiyasi. O‘tkazish sanasi: 2020 yil 20-mart. O‘tkazish vaqti: 9:00 – 15:30. O‘tkazish joyi: Toshkentdagi Amiti Universiteti. Joylar soni cheklangan.

    Mazkur master-klassda ishtirok etish uchun, quyidagi havola orqali ro‘yhatdan o‘ting: https://forms.gle/nc8zZHBag4pSAGU8A 

    Ivaylo Georgiyev – Kanban Universityʼda akkreditatsiyadan oʻtgan oʻqituvchi, Markaziy va Sharqiy Yevropa dasturiy taʼminotining Yevropa institutida dastur rahbari, AgileDigm Inc. kompaniyasida SCRUM boʻyicha sertifikatga ega murabbiy va Agendashiftning hamkori. Ivaylo jarayonlarni takomillashtirish va strategik boshqaruv sohasida 15 yildan ortiq muvaffaqiyatli tajribaga ega. U banklarda (masalan, Bolgariyaning Raiffeisenbanki, Ukrainaning Milliy banki, Gruziya banki), Fintech (Likke, SmartIT) va dasturiy taʼminot ishlab chiquvchi kompaniyalar (Software AG, Nemetschek)da moslashuvchan transformatsiya, jarayonlarni takomillashtirish va biznes strategiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq treninglar, kouchinglar va baholash xizmatlarini koʻrsatib kelgan.

    Manba: Axborot xizmati