Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi imtihon uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi
    13.03.2020

    Universitetning rasmiy saytida «Kompyuter va dasturiy injiniring» va «Logistika» fakultetlariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlandi. Birinchi kirish imtihoni 12-aprel kuni bo’lib o’tadi. Kerakli hujjatlarni topshirilish muddati va Toshkentdagi Inha Universitetida bo’lib o’tadigan barcha imtihon malumotlari.

    Toshkent shahridagi Inha universitetiga (IUT) 2020-2021 o’quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish muddati 2020-yil 9-martdan 27-martgacha davom etadi. IUTga hujjatlarni topshirish jarayoni, o’tgan yil jarayoni kabi faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi va universitetga kirish uchun siz bir necha shartlarni bajarishingiz kerak.

    1 — Universitet sayti orqali ariza to’ldirish.

    2 — Onlayn ro’yxatdan o’tish jarayonida siz shaxsiy ma’lumot va kerakli hujjatlarni scan qilingan holattda taqdim etishingiz kerak:

    — pasport;

    — o’rta maxsus maktab,litsey va koledj diplom / shahodatnoma;

    — tibbiy ma’lumotnoma 086 shakli;

    — surat (3,5х4,5);

    — ingliz tili sertifikati IELTS yoki TOEFL iBT.

    3 — Agar abituriyent maktab, litsey va kollej diplomiga ega bo’lmasalar u holda ta’lim muassasasidan ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak

    2020-yil 12-aprel kuni 1-kirish imtihoni faqat shartnoma asosida ta’lim olmoqchi bo’lgan abiturientlar uchun bo’lib o’tadi «Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti» (SOCIE) va «Logistika» (SOL) fakultetlarida faqat bitta fan bo’yicha — matematikadan imtihon bo’lib o’tadi. Imtihon savollar to’plamidan iborat bo’lib 60 daqiqa vaqt beriladi. Xalqaro abiturientlar Universitetga kirish imtihonisiz qabul qilinadi.

    SOCIE fakultetiga IELTS minimal 5 ball,TOEFL iBT minimal 50, SOL fakultetiga IELTS minimal 5.5,TOEFL iBT minimal 71 ball ingliz tili rasmiy sertifikatini taqdim etish lozim. Rasmiy ingliz tili sertifikatisiz abiturient kirish imtihonidan chetlantiriladi.

    2020-2021 o’quv yilida Toshkent shahridagi Inha universiteti qabul kvotasi 420 talabadan iborat. Jumladan, «Kompyuter va dasturiy injiniring» yo’nalishi bo’yicha 300 talaba va «Logistika» yo’nalishi bo’yicha 120 talaba qabul qilinadi.

    Birinchi kirish imtihoniga abiturientlarni onlayn ro’yxatdan o’tkazish muddati 2020-yil 27-mart soat 17:00 qadar. Toshkent shahridagi Inha universiteti qoidalariga asosan abiturientlar kirish imtihonlarini topshirish uchun yana ikkita urinishni ta’minlaydi: shartnoma va grant asosida. Keyingi imtihonlar uchun ro’yxatdan o’tish sanasi universitet saytda e’lon qilinadi.

    Universitetga kirish shartlari haqida to’liq ma’lumotlarni ushbu sayt orqali olishingiz mumkin.

     

    Manba: Axborot xizmati