Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbektelekom” AK dan yangi aksiya
    12.03.2020

    Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili davomida aloqa sifatini oshirish va o‘z foydalanuvchilari uchun yanada ko‘proq imkoniyat yaratish maqsadida “O‘zbektelekom” AK tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

    Shu sababli, “O‘zbektelekom” AK “Internetga ulaning va abonent qurilmasini mutlaqo bepul qo‘lga kiriting!” aksiyasini o‘tkazmoqda.

    Mazkur aksiyada yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Aksiya shartlariga ko‘ra, Internet xizmatlariga ulanishda kabel yotqizish va abonent qurilmasini (modemni) o‘rnatish mutlaqo bepul amalga oshiriladi! Aksiya 2020 yil oxirigacha davom etadi.

     

    Manba: Axborot xizmati