Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kompyuterdan foydalanayotganingizda Al-Xorazmiyni eslab qo‘ying!
    10.03.2020

    Bugun dunyoda rivojlanayotgan qaysi soha bo‘lmasin, albatta kompyuter texnoloiyalarining xizmati beqiyos. Hattoki shaxsiy ko‘makchilarimiz bo‘lgan kompyuter, televizor, telefon (smartfon) kabi zamonaviy texnikalarsiz o‘zimizni bir zum tasavvur eta olishimiz ham qiyin bo‘lib qolgani haqiqat... Ayniqsa e’tibor qilgan bo‘lsangiz, birozgina shaxsiy texnikalaringizda nosozlik yuz bersa, sabringiz sinalayotgandek bir xayolingiz uni tezroqqina tuzatishda bo‘ladi. Bu hissiyot och qolganingizda uni kuchliroq his etishdan-da tezroq seziladigan holatdek go‘yo.

    Xo‘sh, bugungi zamon va insonning bir bo‘lagiga aylangan kompyuter va boshqa texnologiyalardan foydalanayotganingizda ushbu vositalarning kashf etilishiga asos qo‘ygan o‘zimizning ajdodlar ekanini yod etib qo‘yasizmi? Bunda birinchi galda Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi asos ekanini g‘urur bilan ta’kidlash lozim.

    ALGEBRANING ASOSChISI VA OTASI

    Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) Abbosiylar xalifaligi davrida Bog‘dodda mashhur Dorul-Xikmaning dong‘i ketgan vakillaridan bo‘lgan. Uning ilmiy merosi sharofati tufayli u qariyb bir asrning 787 yildan to 850 yillargacha mashhur matemateki hisoblangan. Uning ismi Xvarizem degan joyda tug‘ilganiga ishora bo‘lib, u joy hozirgi O‘zbekistonning Orol dengizining janubrog‘ida joylashgan.

    G‘ARBLIKLAR HAYRATDA

    Al-Xorazmiyning 20 dan ortiq ilmiy ishlari bizga ma’lum. Uning eng mashhur asari “Aljabr va Almuqobala”da u kvadrat va bir chiziqli tenglamaning olti turini, hamda “algoritm” tushunchasini keng tavsiflab bergan.

    Bundan kelib chiqib o‘nlik sistemaning topish keltirilgan. Natijada “algoritm” atamasi al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Xorazmiyning keyingi mashhur merosi bu – “Hind hisoblash tizimi kitobi”.

    Mazkur asarda olim bo‘lish, qo‘shish va ayirishning sanoqsiz qoidasini, hamda g‘aroyib sonlarning kombinatsiyasi, raqamli sistemalarni sharhlagan.

    Asarda u hind sanoq sistemasi kombinatsiyasidan arab sanoq sistemasini hosil qildi. Arab sanoq sistemasiga hind sistemasidan nominal nolni qo‘shdi va islom madaniyatiga raqam yozish tizimini tatbiq etdi. Uning matematika bo‘yicha yaratgan asarlari lotin tiliga tarjima qilinib Ispaniya orqali G‘arbga yetib borgan va 300 yildan so‘ng g‘arbliklarni hayratlantirgan.

    BUGUN BIZ QAYeRDA VA QAChON BO‘LIShIMIZDAN QAT’I NAZAR...

    Georg Sarton (1884-1956) Al-Xorazmiy haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “…U faqatgina o‘z vaqtining buyuk matematigi emas, balki butun insoniyat tarixidagi buyuk matematikdir”.

    Xorij telekanallarining birida Al-Xorazmiyga bag‘ishlangan hujjatli film yakunida xususan quyidagi fikrlar aytildi: “Bugun biz qayerda va qachon bo‘lishimizdan qat’i nazar, kofe yoki choy ustida xohlagan kishimiz bilan internetda erkin muloqot qilganimizda, yoki veb-sahifalarni kuzatayotganda, yoki chegaralanmagan hajmdagi axborotlarni saqlamoqchi bo‘lganimizda, barcha yangi xay-tek texnologiyalarining rivojida o‘chmas iz qoldirgan Markaziy Osiyoning deyarli tanish bo‘lmagan chekkasidan bo‘lgan Al-Xorazmiy ismli kishi turganligini esdan chiqarmasligimiz kerak va xayolan unga minnatdor bo‘lishimiz shart”, deya xulosa qilindi.

    Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA

     

    Manba: Axborot xizmati