Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kelajagimiz raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liq!
    09.03.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga qilgan Murojaatnomasida O‘zbekiston istiqbolli rivojlanishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining muhim o‘rni haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. “Raqamli O‘zbekiston-2030” yirik loyihasi, o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olib, O‘zbekiston iqtisodiyotini to‘liq va kompleks ijobiy o‘zgarishiga va raqobatbardoshlikni oshirishga yo‘naltirilgan.

    Hozirgi kunda vazirlik oldida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan parlamentga yo‘llangan Murojaatnomasida ko‘rsatilgan muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Ular barchasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyagiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida o‘z aksini topgan.

    Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlashda raqamli infratuzilmani yaratishining o‘rni beqiyosdir.

    Mazkur vazifalarni amalga oshirishda IT-sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash zarur. Bu borada yoshlarni IT-asoslariga keng o‘rgatishga, axborot texnologiyalar sohasida ta’lim olish uchun ularga tegishli sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

    Internet tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda foydalanuvchilar ehtiyoji uchun internetga ulanish imkoniyati tezligini oshirish xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga (1200 dan 3 000 Gbit/s.) kengaytirish loyihasi amalga oshirilada.

    Shuningdek internet tarmoqlarida yirik xorijiy kontent tashkil etuvchi Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish ishlari olib boriladi.

    Viloyatlararo magistral transport va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik darajasini 2 barobarga, ya’ni 200 dan 400 Gbit/s.gacha, tumanlararo o‘tkazuvchanlik darajasini 1,5 barobarga, ya’ni 40 dan 60 Gbit/s.gacha kengaytiriladi.

    Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida respublikamizning aholi hududlari bo‘yicha 12 ming kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari quriladi.

    Respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini zamon talablari darajasida keskin rivojlantirish orqali Internet tarmog‘ini yanada kengaytirish va buning natijasida barcha aholi maskanlarini, shuningdek ijtimoiy soha ob’ektlarini, jumladan davlat tibbiyot muassasalari va tashkilotlarini, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarini yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda

    Respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish orqali 2019 yil yakuniga qadar 3 433 ta umumta’lim maktablari, 1 836 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 1 127 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlariga jami 4 150 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan.

    Birgina 2020 yilda optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali jami sog‘liqni saqlash muassasalarining 95 foizi, umumta’lim maktablarning 86 foizi hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishni ta’minlash rejalashtirilmoqda.

    2021 yilda esa barcha ijtimoiy soha ob’ektlari yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi hamda chekka olis hududlardagi aholi maskanlarida ham telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

    Hududlarda mobil aloqa qamrovini kengaytirish maqsadida keyingi 2 yilda 4 400 ta (2020 yilda 2 200 ta, 2021 yilda 2 200 ta) mobil aloqa tarmoqlarining baza stansiyalari o‘rnatiladi, bu loyihaning asosiy e’tibori chekka aholi maskanlariga qaratiladi. Joriy yilning o‘zida aholi maskanlarining keng polosali mobil aloqa qamrovini 70 foizdan 85 foizgacha yetkazilishi rejalashtirildi.


    Akmal Arifdjanov,

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

    rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i

     

    Manba: Axborot xizmati