Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yuksak mukofotlar bilan taqdirlandi
    07.03.2020

    Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-mart kuni qabul qilingan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, sogʻlom va barkamol avlod tarbiyasi, oila va jamiyat asoslarini mustahkamlash yoʻlidagi munosib xizmatlari uchun bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. 4-martdagi Prezident qaroriga binoan esa yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Bugun poytaxtimizda boʻlib oʻtgan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida” farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi, Toshkent axborot texnologiyalari kafedrasi professori Saida Beknazarova ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 
    Prezidentimiz qaroriga binoan esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti   Xomidova Nasiba Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

    Manba: Axborot xizmati