Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan tabriklaymiz!
    06.03.2020

    Yildan-yilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari oshib bormoqda. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida bugungi kunda 27 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 9 433 nafarini ayollar tashkil etishi, 363 nafar ayol rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda xotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir.

    Aziz va muhtaram ayollar!

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi sizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi — 8 mart bayrami bilan samimiy mubarakbod etadi! 

    Sizlarga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt va omad, xonadoningizga fayzu baraka tilab qolamiz. Sizlarni bahoriy kayfiyat hech qachon tark etmasin va hayotingizda doimiy hamroh bo‘lib tursin!

     

     

    Manba: Axborot xizmati