Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Barcha go‘zal ayollarimizga samimiy tabrik!
    06.03.2020

    8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Vazirlikda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni go‘zallik va nafosat bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

    Ta’kidlanganidek, ayol oila va jamiyatning haqiqiy tayanchi. Oilada mehribon ona, vafoli yor bo‘lish bilan birga, xizmat faoliyatida ham ulkan marralarga erishayotgan, jonkuyar,fidoyi kasbdosh, vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch va g‘ayratini safarbar eta olgan, o‘z bilim va tajribasi bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘layotgan samimiy, jonkuyar ustoz hamdir.

    Yildan-yiilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari ortib bormoqda. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida bugungi kunda 27 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 9 433 nafarini ayollar tashkil etishi, 363 nafar ayol rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda hotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir.

    Vazirlik jamoasi nomidan biz yurtimizning barcha ayollarini ajoyib va betakror bahor bayrami bilan samimiy mubarakbod etamiz, ularga xizmat faoliyatida va shaxsiy hayotida ulkan muvaffaqiyatlar, eng muhimi mustahkam sog‘liq tilaymiz!

     

    Manba: Axborot xizmati