Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Bayramga munosib sovg‘a!
    05.03.2020

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha 4-tashabbusga asosan Baxorning ilk kunlari, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Toshkent viloyati Chinoz tumanida joylashgan Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasiga Respublika kengashi tomonidan 150 ta turli janrdagi badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.

    Muassasa tarbiyalanuvchilariga kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Xursan Yo‘ldoshev hamda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mirvoxid Xaydarovlar taqdim etishdi.

    Manba: Axborot xizmati