Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyati Yangibozor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
    02.03.2020

    Xorazm Viloyati Yangibozor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Unda vazirlikning hududiy boshqarmasi va tizimdagi korxona va tashkilotlarning viloyatdagi vakillari ishtirok etdilar.Sayyor qabul kun tartibida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ushbu yo‘nalishda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.Xorazm viloyati , xususan, Yangibozor tumanida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan ma’lumot berildi.Davlatimz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarni sifatli ijro etish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash hamda sohada olib borilayotgan islohotlardan aholi xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish, Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Obod qishloq” dasturlarini ijrosini ta’minlash, yoshlarni sohada tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga jalb qilish va bandligini ta’minlash masalasida atroflicha fikr eritildi.
    Sayyor qabulda tumanda istiqomat qilayotgan 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdilar va rahbarlar tomonidan ularning sohaga doir murojaatlari qabul qilindi.O‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolardan sohaga doir jami 7 ta murojaat kelib tushdi. Shulardan telekommunikatsiya yo‘nalishidagi 1 ta murojaat shu kunning o‘zida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.Aholidan kelib tushgan murojaatlar, bildirilgan takliflar bo‘yicha soha korxonalari rahbarlariga tegishli topshiriq hamda vazifalar berildi.
    Kelgusida bunday tadbirlar doimiy ravishda davom ettiriladi.

    Manba: Axborot xizmati