Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qashqadaryoda ilk “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” ochildi
    26.02.2020

    Bugun 26 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Qashqadaryo viloyatning Kasbi tumanida Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusi doirasida “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” ochildi.

    Markaz uchun “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filiali Kasbi telekommunikatsiya bog‘lamasiga qarashli bino to‘liq ta’mirdan chiqarildi.

    “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”ning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur jihoz hamda texnologik vositalar bilan jihozlandi.

    Jumladan, ma’ruzalar zali va kompyuterlashtirilgan o‘quv xonasida telekommunikatsiya korxonalari xodimlarining malakasi hamda yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish, yoshlarga axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish, axborot texnologiyalari sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy hamda samarali mexanizmlarini yaratish, kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersport asoslarini o‘rgatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

    Unda IT-markazi direktori N. Alibekov, Kasbi tumani hokimi T.Meyliyev, vazirlikning hududiy boshqarma boshlig‘i S. Aripov, shuningdek, jamoatchilik vakillari, xalq ta’limi bo‘limi mutasaddilari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi korxona, tashkilot hamda kompaniyalari vakillari va o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

    -Bugun jamiyat taraqqiyotini axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Tabiiyki, soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimini ham davr talabiga hamqadam tarzda takomillashtirib borish vazifasi qo‘yilmoqda,-deydi IT-markazi direktori N. Alibekov.

    Barcha jabhalarda raqamli texnologiyalar jadal tatbiq etilayotgan bugungi kunda bu masalada faqat oliy va maxsus o‘quv yurtlariga suyanib qolmasdan, mutaxassislar tayyorlashning intensiv, innovatsion usullaridan ham keng foydalanish taqozo etilmoqda.

    Ixtisoslashgan ingliz tili va kompyuter savodxonligi dasturlari orqali xorijdagi buyurtmachi korxonalarga masofaviy autsors xizmatlarini kursatish imkonini beradi.

    Ushbu markaz yoshlarning bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmalarini oshirishga ko‘mak beradi.

    Markaz kompyuterlar va zarur jihozlar, Wi-Fi hududi bilan ta’minlanib, endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar beriladi.

    Respublikamiz bo‘ylab (viloyat va tumanlarda) 188 ta shunday markaz tashkil etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning yigirma uchinchisi Kasbi tumanida o‘z faoliyatini boshladi.

    Manba: Axborot xizmati