Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda «Yosh olimlarni tayyorlashda chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani boʼlib oʼtdi
    26.02.2020

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Yosh olimlarni tayyorlashda chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʻlib oʻtdi.

    Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni oʻrganish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasi toʻgʻrisida»gi qarori asosida olib borildi.

    Konferentsiyaning maqsadi yosh olimlarni nafaqat axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi, balki shu bilan birga chet tili sohasida ham oʻz isteʻdodi, mahorati va qobiliyatlarini namoyish etishdir.

    Anjuman quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 5 qismga boʻlingan:

    1-boʻlim. Yosh olimlar tayyorlashda AKT va chet tillarni joriy etish muammolari va istiqbollari.

    2-boʻlim. Chet tillarini oʻqitishning dolzarb muammolari va ularni hal qilish yoʻllari.

    3-boʻlim. Chet tillarini oʻqitishga koʻp bosqichli yondoshishda texnik universitetlar talabalari oʻrtasida madaniyatlararo va kommunikativ kompetentsiyalarni shakllantirish.

    4-boʻlim. Nodavlat filologiya universiteti talabalarini chet tili yordamida kasbga oʻqitishdagi kompetentli yondashuv.

    5-boʻlim. Chet tilini kasbiy yoʻnaltirilgan oʻqitish boʻyicha mutaxassis terminologiyasini shakllantirish masalalari.

    Konferentsiyada 100 dan ortiq ishtirokchilar tezislari va maʻruzalari bilan qatnashdilar.

    Respublikaning turli universitetlaridan mehmonlar taklif etildi. Konferentsiya 2 kun davom etdi, yaʻni 24-fevralda boʻlimlar boʻyicha hisobotlarning ochilishi va taqdimoti boʻlib oʻtdi, 26-fevralda esa sertifikatlar topshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati