Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUga Janubiy Koreyaning Fan va Texnologiyalari Universiteti (UST) delegatsiyasi tashrif buyurdi
    25.02.2020

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Fan va Texnologiyalari Universiteti (UST) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

    Tashrif davomida TATUning yosh olimlari va talabalarini Fan va Texnologiyalar Universitetida magistratura va doktorantura (PhD) bosqichlarida o`qish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Shuningdek, TATU yosh olimlari va iqtidorli talabalari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Fan va tenologiyalar universitetining professori Shang-Gyoo Shim yig`ilganlarga universitet haqida atroflicha axborot berdi va yaratilgan imkoniyatlar haqida so’zlab berdi.

    Manba: Axborot xizmati