Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • YOSH XODIMLARI ISHTIROKIDA DAVRA SUXBATI TASHKIL ETILDI
    18.02.2020

    “RRTM” DUKda faoliyat yuritayotgan yoshlarning ijtimoiy faolligini, tashabbuskorligini oshirish, mamalakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida ularni xabardor qilish maqsadida, “RRTM” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi  Kengashi bilan hamkorlikda korxonada faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda so‘zga chiqqanlar Davlatimiz rahbarining mamlakat yoshlari bilan uchrashuvida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, bugungi kunda respublika bo‘ylab yoshlar ishtirokida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar, “Yoshlar ittifoqi”ning bugungi  faoliyati, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida qiziqarli va foydali ma’lumotlarni berib o‘tdilar.

    Yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv ochiq, samimiy va o‘zaro muloqot ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh xodimlar o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

    Manba: Axborot xizmati