Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • O‘zbekistonda birinchi marta robototexnika bo‘yicha "RoboTech" respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi!
    11.02.2020

             IT Park huzuridagi IT-markaz, Revochain Technology MChJ bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida, maktab o‘quvchilari orasida O‘zbekistonda birinchi robototexnika tanlovi –“RoboTech” o‘tkazilishini e’lon qiladi.
             Tanlovning maqsadi: robototexnika sohasida yoshlar o‘rtasida ijodiy faollikni rivojlantirish va muhandislik ixtisoslarini shakllantirish;
    ta’lim muassasalari o‘quvchilari orasida texnik modellashtirishni ommaviylashtirish; iste’dodli va iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ularni ijodiy faoliyatga jalb etish.
             "RoboTech"ning o‘zi uch bosqichdan iborat bo‘ladi: tuman va shahar tanlovi; mintaqaviy tanlov; Respublika tanlovi (final).
             Tuman, shahar va mintaqaviy tanlov g‘oliblari Intro tanlovi doirasida aniqlanadi, unda har bir jamoa o‘z robotining imkoniyatlari, shuningdek, uning texnik noyob kobiliyatlarini namoyish qilishi kerak.
    Intro tanlovga quyidagilar kiradi: loyiha haqida hikoya va robot va / yoki o‘yin holati (10 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan); hay’at a’zolarining savollariga javoblar (5 daqiqadan oshmasligi kerak);
             "X" maxsus vazifasi, unda qatnashuvchilar o‘zlarining robotlari uchun dastur yozishlari va robotda avval mavjud bo‘lmagan funksiyalarni bajara olishini ko‘rsatishlari kerak.
             Robot bajarishi kerak bo‘lgan vazifani hakamlar hay’ati belgilaydi.
    2020 yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning finalida har bir mintaqadan eng yaxshi 14 jamoa uchta musobaqaning birida qatnashadi: «Robot sumo», «Line Follower», «Freestyle»:
             • Robot sumo - an’anaviy yaponiyalik sumoda bo‘lgani kabi, raqiblar ham jang qilishlari kerak va o‘z raqibini ringdan nokautga uchratgan robot g‘olib bo‘ladi.
             Ushbu musobaqaning o‘ziga xos "vazn toifalari" mavjud:
    Mega Sumo (20 x 20 cm, 3 kg)
    Mini Sumo (10 x 10 cm, 500 g)
    Mikro Sumo (5 x 5 cm, 100 g)
    Nano Sumo (2.5 x 2.5 cm, 25 g)
    Humanoid Sumo (50 x 20cm, 3 kg)
    Lego Sumo (15 x 15 cm, 1 kg)
             • Line Follower - ushbu musobaqada robot oq fonda qora chiziq bo‘ylab yuradi. Belgilangan marraga birinchi bo‘lib yetib borgani g‘olib sanaladi.
             •Freestyle - ushbu toifada ishtirokchilar o‘z robotining texnologik afzalliklari va qulayliklarini namoyish etishlari kerak bo‘ladi.
    Baholash mezonlari: ijodiy yondoshish; ahamiyatlilik; ilmiylik ; mahoratning sifati; murakkablik; qiziqarlilik; taqdimot sifati; jamoada ishlash, zukkolik.
             G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadilar :
    1-o‘rin - Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘qish uchun shartnoma to‘lovi + noutbuk;
    2-o‘rin - noutbuk + LEGO mindstorm jamlanmasi;
    3-o‘rin - LEGO mindstorm jamlanmasi.
             Tanlovda 8 dan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar qatnashishi mumkin, ishtirok etish mutlaqo bepul.
             Onlayn ro‘yxatdan o‘tish orqali murojaat qilishingiz mumkin: http://bit.ly/robofest_uzb
     

    Manba: Axborot xizmati