Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarning innovatsion loyihalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
    10.02.2020

             Toshkent shahridagi “Botanika” bog‘ida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan tizimda tahsil olayotgan yoshlarning robototexnika yo‘nalishidagi innovatsion loyihalari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. O‘tkazilgan tabdirda 300 dan ortiq talaba va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdilar.
                Dastlab, talaba yoshlarga axborot texnologiyalari tizimi oldida turgan dolzarb vazifalar, yoshlarni axborot va kommunikatsiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni rivojlantirish ishlariga keng jalb qilishga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat yo‘nalishlarini o‘rgatish maqsadida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar xususida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir bildirgan takliflari ham o‘rganildi. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
                 Tadbirda “Robotics lab” kelajak texnologiyalari kompaniyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘z qo‘llari bilan yasagan turli xildagi robotlari bilan ishtirok etdilar. Mutaxassislar tomonidan bugungi kunda yoshlarni robototexnikaga qiziqtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, yoshlar tomonidan ishlab chiqarilgan robot va texnikalar, ularni harakatga keltirish uchun dasturlar, dasturlash tillari haqida keng tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek jahon miqyosida robotlarga bo‘lgan talab, ularni inson xayotidagi ahamiyati, iqtisodiyotning turli jabhalarida, ya’ni inson yetib borishi qiyin bo‘lgan joylarda robotlardan foydalanish ish unumdorligini oshirishga katta foyda keltirishi, algoritmlash, dasturlash va robomuhandislik to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

    Manba: Axborot xizmati