Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Microsoft kompaniyasi mutaxassislari dars o‘tdi
    09.02.2020

               Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun Microsoft kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida «Kodlash soati» (“Hour of code”) nomli ochiq dars o‘tkazildi.Bir soatlik dars davomida o‘quvchilar mantiqqa asoslangan buyruq bloklaridan foydalanib turli dasturlarni qurishdi, shuningdek, Scratch dasturida o‘z malakalarini oshirdi. Ochiq darsda maktabning 200ga o‘quvchisi ishtirok etgan. Dars yakunida Microsoft kompaniyasi va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolangan. Unga ko‘ra, endilikda kompaniya mutaxassislari har oyda bir marta maktab o‘quvchilari uchun ochiq dars o‘tib berishadi. Bu orqali o‘quvchilar dasturlash sohasidagi so‘nggi yangiliklardan ham xabardor bo‘lib borishadi.

              Ma’lumot uchun, «Hour of code» - bu tarixdagi eng yirik o‘quv tadbiri hisoblanadi. Bir soatlik dars shaklida tashkil qilinadigan bu tadbir dasturlashning murakkabligi haqidagi afsonalarni yo‘q qiladi, shuningdek, har bir inson dasturlash asoslarini o‘rganishi mumkinligini namoyish etish uchun mo‘ljallangan.2019 yilda butun dunyo bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan shu kabi darslar soni 140 mingdan ortiqni tashkil qiladi. 910 milliondan ortiq o‘quvchilar esa ushbu tizim aosida dars o‘tishadi.


     

    Manba: Axborot xizmati