Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yoshlarning axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasiga qiziqishlari ortmoqda.
    02.02.2020

    Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi  Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ydi. Xususan, yoshlarning komp'yuter texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab –quvvatlash va   internetdan samarali foydalanishlarini tashkil etish borasida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi akademik lisey  o‘quvchilarining sohaga qiziqishini yanada oshirish maqsadida, “O‘zbektelekom” AK “Telekommunikasiya va personalin rivojlantirish markazi” filialiga tashrif uyushtirilib, mazkur filialda soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Dastlab o‘quvchilarga “O‘zbektelekom” AK va uning filiallari faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.

    Shuningdek “Telekommunikasiya va personalini rivojlantirish markazi” filiali faoliyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.O‘quvchilarda telekommunikasiya haqida keng tushuncha hosil qilish maqsadida, mazkur Filialning o‘quv xonalarida o‘rnatilgan NEC, Huawei, ZTE, Iskratel va CISCO kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan telekommunikasiya qurilmalari, ularning vazifalari va texnik tavsiflari batafsil tanishtirildi. Shu bilan birga mazkur filialning metrologik xizmati faoliyati va xizmat tomonidan foydalanilaniladigan JDSU, Anritsu, Acterna, Rohde&Shwarz, HP, Iwatsu kabi kompaniyalarning zamonaviy o‘lchash vositalari namoyish etilib, ularni qo‘llash sohalari haqida tushunchalar berildi.

    O‘quvchilarga bu yerda nafaqat  telekommunikasiya qurilmalari bilan yaqindan tanishish,balki zamonaviy  uskunalar yordamida shu yerning o‘zida uzoq hududlar bilan bevosita video konferens aloqa tashkil qilish jarayonida ishtirok etish imkoniyati berildi. O‘quvchi yoshlar soha mutaxassislariga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, barchasiga malakali javob oldilar. Uchrashuvda yoshlarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalangan holda o‘z ustilarida qattiq ishlashlari va zamonaviy bilimlarni egallashlari kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida katta ahamiyatga egaligi haqida tushuntirishlar berildi.

     

     

    Manba: Axborot xizmati