Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Poytaxt yoshlari “Aloqa tarixi muzeyi”da
    30.01.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda ish olib bormoqda. Xususan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashubbusning 3- yo‘nalishi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shayxontohur tumani yoshlaridan 70 nafari ishtirokida O‘zbekiston “Aloqa tarixi muzeyi”ga ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiyadan maqsad yoshlarda axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, aloqa, pochta, radio va televideniye, mobil aloqaning yaratilish tarixi va bugungi kungacha bo‘lgan davrda texnologiyalarning rivojlanish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. O‘zbekiston “Aloqa tarixi muzeyi” 2009 yil 24 oktyabrda tashkil etilgan bo‘lib, muzey O‘zbekiston aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Muzey pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televideniye, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi bo‘limlaridan iborat.Mazkur bo‘limlarda 16000 dan ziyod tarixiy asori-atiqalar, qurilmalar, apparat jihozlar va eksponatlar jamlangan bo‘lib, yoshlar ushbu eksponatlarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.Muzeydagi aksariyat eksponatlar tarixiy bo‘lishiga qaramay, ishchi holatda bo‘lganligi sababli, yoshlar ularni ishlatib ko‘rish, tarixiy telefon apparatlarida gaplashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Yoshlar ayniqsa mobil aloqaning yaratilish tarixi, rivojlanish jarayonlari, O‘zbekistonga mobil aloqaning kirib kelish tarixi va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 1992 yil 26 avgust kuni O‘zbekiston aloqa tarixida birinchi bo‘lib mobil aloqadan ilk bor foydalanilgan “Mobira” telefon apparatini katta qiziqish bilan tomosha qilindi.Shuningdek, Aloqa tarixi muzeyida 5 ta muhim tashabbusning 4-tashabbusi yo‘nalishi bo‘yicha ham texnik kutubxona tashkil etilgan. Bu yerda 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab chiqarilgan aloqa sohasiga oid qiziqarli adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, turli jurnallar o‘rin olgan.Yoshlar mazkur texnik kutubxona faoliyati bilan, undagi adabiyotlar, qiziqarli jurnallar bilan yaqindan tanishdilar.

    Manba: Axborot xizmati