Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 2020-yil – Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili: Vazirlik oldiga ko‘plab vazifalar qo‘yildi
    24.01.2020

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning parlamentga 2019 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasini 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomasi butun xalqimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

    Murojaatda mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan dolzarb masalalar o‘z aksini topdi.

    Prezidentimiz tomonidan ta’kidlab o‘tilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini tizimli yo‘lga qo‘yilishi belgilab olindi

    Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks hal etuvchi, ya’ni yagona davlat siyosatini olib boradigan yagona davlat organini tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar berildi.

    Davlat boshqaruvi va raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida axborot tizimlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish uchun mazkur yagona davlat organi tarkibida tarkibiy bo‘linmalar tashkil etish vazifalari berildi.

    O‘zbekiston Respublikasida “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni belgilab olindi.

    Bu yo‘nalishdagi ishlarni markazlashgan holda olib borish natijasida “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini va davlat idoralarida axborot tizimlarini joriy etish jarayonlarini optimallashtirish va har tomonlama qulay axborot tizimlarini joriy qilishga erishiladi.

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hududini kengaytirish va yangi infratuzilma ob’ektlari qurilishini boshlash maqsadida Texnopark konsepsiyasi ishlab chiqilib, Texnopark hududida 400 ming kv.m.dan ortiq ofis binolari, konferens zal, kovorking markaz, mexmonxona va boshka binolarni qurish buyicha investorlarni joylashtirish hamda qurilish ishlari amalga oshiriladi.

    Buning natijasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi mingdan ortiq yangi korxonalar tashkil etilishiga hamda 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi.

    Ushbu yo‘nalishda Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida 2020 yil yakuniga qadar Texnoparkning hududiy filiallarini tashkil etiladi.

    Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy xamkorlar bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlandi.

    O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, ularga dasturiy mahsulotlar yaratish va autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

    Bu borada Axborot texnologiyalari vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Dubay kelajak jamg‘armasi” hamkorlikda “Bir million dasturchilar” loyihasini amalga oshirmoqda.

    Telekommunikatsiya infratuzilmasi yetib bormagan aholi punktlarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida optik tolali aloqa liniyalari qurilishiga alohida e’tibor qaratish va chekka hududlarda mobil aloqa baza stansiyalari o‘rnatish vazifalarini amalga oshirishni belgilab olindi.

    2019 yilda “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km ga yetkazildi.

    Mazkur yo‘nalishda 2020 yilda respublika bo‘yicha 12 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurish va 2 200 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish belgilab olindi.

    Davlatimiz rahbarining Murojaatidan ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamon taraqqiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shishdek ezgu maqsad yo‘lida yanada ko‘proq mas’uliyat bilan faoliyat olib borish jamoamiz burchimizdir. 

    Manba: Axborot xizmati