Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Oʻzbekiston robototexnika boʻyicha “RoboFest 2020” xalqaro festivalida ishtirok etadi.
    22.01.2020

    Quyi Novgorodda boʻlib oʻtadigan “RoboFest 2020” robototexnika xalqaro festivalida Oʻzbekiston jamoasi ishtirok etadi!

    2020-yil 22-23 yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan festivalda 70 dan ortiq mamlakatlarning terma jamoalari ishtirok etadi va ular orasida robototexnika boʻyicha chempion hisoblangan– Janubiy Koreya, Xitoy va AQSh davlatlari bor.

    Robototexnika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari: Suxrob Haydarov (IT- Centers murabbiyi), Rashid Rashidov, Bektemir Miroʻktamov, Jafar Orifjonov. Jamoa bosh murabbiyi esa Ozodbek Xoʻjayev boʻldi.

    Musobaqa oʻtkaziladigan yoʻnalishlar quyidagilar:

    — “HELLO, ROBOT!” LEGO®;

    — “HELLO, ROBOT!” OPEN;

    — “Robofest” maktab olimpiadasining mintaqaviy bosqichi;

    — AutoNet 14+;

    — EcoNet 10+;

    — Muhandislik loyihasi;

    — FLL, FLL JUNIOR, MTK.

    Eslatib oʻtamiz, Suxrob Haydarov robototexnika sohasidagi Navoiy shahridagi IT-Centerda 15 yoshli mentor boʻlib, u oʻzining “Aqlli katak” va “Robot Maks” kabi IT-mahsulotlarini yaratganligi bilan tanilgan.

    Ma'lumot uchun:

    “ROBOFEST” –Dunyo boʻyicha eng yirik festivallardan biri boʻlib, u har yili oʻzlarining noyob dasturiy ishlanmalarini namoyish etadigan ilmiy-texnik ijodiyotning 6 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi ishtirokchilarini toʻplaydi. Bu nafaqat robototexnika musobaqalari, balki taʼlim, oʻyin va koʻngilochar dasturlar: taqdimotlar, master-klasslar, interfaol maʼruzalar uchun ham platformadir. Anʼanaviy festival doirasida biznes-dasturlar, dasturning hamkorlari va resurs markazlari uchun tanlovlar tashkil qilinadi, maktab oʻquvchilari uchun sayohatlar oʻtkaziladi.

     

    Manba: Axborot xizmati