Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv
    21.01.2020

    2020 yil 21 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligining Xalqaro hamkorlik va pochta siyosati xizmatlari Departamenti direktori Shuxei Shodji boshchiligidagi Yaponiya pochtasi va Pochta aloqalari bo‘yicha Yaponiya maslahatchilaridan iborat delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B.Olmatov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston-Yaponiya aloqalari strategik hamkorlik shartnomasi asosida rivojlanib borayotganini e’tirof etdi.
    Axborot texnologiyalari sohasidagi bir qator yirik kompaniyalar bilan uzoq yillardan buyon o‘zaro samarali aloqalar o‘rnatilgani, eng muhimi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch asosida taraqqiy etib borayotganini ta’kidladi.
    Shuningdek delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda sohada amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar, tizim oldida turgan vazifalar , shuningdek, “O‘zbekiston pochtasi ” aksiyadorlik jamiyatining istiqboldagi rejalari xususida batafsil ma’lumot berildi.
    Yaponiya delegatsiyasi rahbari Shuxei Shodji O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘sish yuqoriligi, bu hozir dunyoda kechayotgan jarayonlarga nisbatan juda yaxshi ko‘rsatkich ekanligi, ikki davlat o‘rtasida pochta yo‘nalishida hali foydalanilmagan imkoniyatlar katta ekanligi, O‘zbekistonlik pochta mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashish, tizimga joriy etilayotgan yangi loyihalar bilan o‘rtoqlashish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o‘tdi.
    Suhbat chog‘ida yaponiyalik mutaxassislar pochta bo‘limi faoliyati bilan tanishish, pochta tizimida elektron tijoratni rivojlantirish borasida ham o‘zaro fikr almashdi.
    Ikki tomonlama uchrashuvda mahalliy va xalqaro darajada biznes infratuzilmani shakllantirishda pochta xizmatining o‘rni bilan bog‘liq masalalalarda o‘zaro fikr almashildi.
    Bundan tashqari, uchrashuvda hamkorlik aloqalarini Butunjaxon pochta ittifoqi tashkiloti doirasida ham rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

     

    Manba: Axborot xizmati