Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Rahbarlar uchun bir haftalik maxsus o‘quv kurslari boshlandi.
    13.01.2020

           13 yanvar kuni “O‘zbektelekom” AK filiallari rahbarlari uchun zamonaviy samarali menejment “Time management – samaradorlik va natijadorlik kafolati. Yoshlar va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash – muvaffaqiyat garovi” mavzusida bir haftalik maxsus kurslarga start berildi.
          O‘quv kurslarining ochilishi marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov so‘zga chiqib, tinglovchilarga tizim oldida turgan dolzarb vazifalar, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, aholiga eng zamonaviy, tezkor xizmatlar taqdim etish hamda “O‘zbektelekom” AK aksiyadorlik jamiyatini boshqarish sifati va samaradorligini yuksaltirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan strategik masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
           Ushbu tadbir o‘zaro ochiq muloqot va amaliy suhbatlar uchun ham imkoniyat bo‘lganligi e’tirof etildi.
         O‘quv mashg‘ulotlari doirasida Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti mutasaddilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 27 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif davomida yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvdagi ma’ruzasining mazmun va mohiyati xususida ham atroflicha suhbatlashildi.
        Haftalik maxsus kurslar doirasida “O‘zbektelekom” AK filiallari rahbarlariga 15 dan ortiq olimlar va yetuk mutaxassislarning ma’ruza va taqdimotlari ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Hisobchilar uchun esa qo‘shimcha ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

     

    Manba: Axborot xizmati