Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Skolkovo fan va texnologiyalar instituti olimi IT-Park faoliyati bilan tanishdi
    14.12.2019

    Skolkovo fan va texnologiyalar instituti dotsenti Ivan Oseledets O‘zbekiston yagona bo‘lgan IT-Park faoliyati bilan tanishdi.

    IT-Park direktori Farxod Ibroximov Skolkovo fan va texnologiyalar instituti dotsenti Ivan Oseledetsga IT-Park faoliyati O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi chog‘ida tomonlarning axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan kelishuvdan boshlanganini ta’kidladi.

    Shuningdek, IT-Park yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish tarmog‘ini amalga oshirish uchun ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalashga ko‘maklashish, axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish, yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish jarayonlarida ham faol ishtirok etayotganini ta’kidladi.

    Ivan Oseledets qisqa vaqt davomida tashkil etilgan IT-Park hozirgi kunda boshqa davlatlarda uzoq yillar davomida tashkil etilishini aytib, bu yerda yaratilgan yuqori texnologik jarayonlarni kuzatib, o‘z hayratini yashira olmadi. 

    Manba: Axborot xizmati