Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Rossiya televidenie va radioeshittirish tarmog'i" delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
    28.11.2019

    Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie Markazida Rossiya Federatsiyasining "Rossiya televidenie va radioeshittirish tarmog'i" Federal davlat unitar korxonasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
     Uchrashuvda  "Rossiya televidenie va radioeshittirish tarmog'i" Federal davlat unitar korxonasi Bosh direktorining Janubiy Federal okrugi bo'yicha vakolatli vakili  Yu.Akinshin va  "RRTM" DUK Bosh direktori M. Sabirov, ishtirok etishdi. 
    Uchrashuvda O'zbekiston va Rossiya o'rtasida barcha sohalarda hamkorlik rivojlanib, munosabatlar mustahkamlanib borayotganligi ta'kidlab o'tildi. Uchrashuv mobaynida korxonalar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, Toshkent teleminorasi va Ostankino minoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, minoralarni boshqarish va ekspluatatsiya qilish, minoralar turizmini rivojlantirish, minoralar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli televideniyeni joriy etish kabi masalalar muxokama qilindi va o'zaro tajriba almashildi. 
    Uchrashuv ochiq, samimiy ruhda, o'zaro muloqot ko'rinishida bo'lib o'tdi. 

     

    Manba: Axborot xizmati