Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT-Park texnologik parkining startap jamoasi – ArzonApteka Seedstars xalqaro tanlovining finaliga chiqdi
    27.11.2019

    Nursulton shahrida rivojlanayotgan bozorlar uchun eng nufuzli akselerator xalqaro tanlovi #SeedstarsSummitCEE2019ʼning navbatdagi saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Ilgari #Seedstars Tashkent19 gʻolibi boʻlgan bizning oʻzbekistonlik startap-jamoamiz ArzonApteka loyihasi bilan Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining eng yaxshi 18ʼta loyihasi sakkizligiga kirdi.

    ArzonApteka – bu Oʻzbekistondagi dorixonalarda dori-darmonlarni topish xizmati boʻlib, u dori-darmonning narxi va mavjudligini, dorixonaning joylashgan joyi va raqamini aniqlashga yordam beradi.

    2020-yil 27-mart kuni ArzonApteka Shveytsariyada Seedstars 2020 Global Sammitida Oʻzbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etadi.

    Bir hafta ichida jamoa butun dunyoning turli burchaklaridan kelgan 65ʼdan ortiq mamlakat gʻoliblari, sarmoyadorlar va mentorlar bilan uchrashishlari mumkin. Sammitning soʻnggi kunida ular 1000+ tomoshabinlar oldida sahnada chiqish qilishlari va asosiy mukofot – $ 500,000 investitsiyalari uchun kurashishlari mumkin!

    Manba: Axborot xizmati