Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 3-tashabbus amalda
    25.11.2019

    Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusning uchinchisi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va Olmazor tumanidagi 133-umumta’lim maktabi ma’muriyati bilan hamkorlikda maktabning  6-sinfidan 11-sinfigacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida joriy yil 11-15 noyabr kunlari “Kompyuter savodxonligi – intellektual musobaqa” tadbirining saralash bosqichi o‘tkazilib, sinf g‘oliblari aniqlandi.

    Musobaqa 4 yo‘nalishda, ya’ni 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Paint-ranglar jilosi” (Paint dasturida rasm chizish), 7, 8 va 9-sinf qizbolalari o‘rtasida “Mohir barmoqlar” (tez, bexato tekst terish), 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Microsoft Excel – aniqlik garovi” (biznes reja ishlab chiqish) va 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Raqamli ta’lim” (Power Point dasturida slayd tayyorlash) yo‘nalishlarida baxs olib bordilar.

    Barcha sinflardan jami 582 nafar o‘quvchi mazkur intellektual musobaqada qatnashdilar. Ularning bajargan ishlari jyuri a’zolari tomonidan baxolanib borildi. Natijada har bir sinfdan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha 3 tadan, jami 40 nafar o‘quvchilar aniqlandi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar. 
    133-umumta’lim maktabida musobaqaning final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Murosasiz kechgan final bosqichida har bir yo‘nalishdan 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan 

    12 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi. Ularga Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va 133-umumta’lim maktabi ma’muriyati nomidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Alohida “Eng yosh informatik” nominatsiyasida 5-b-sinf o‘quvchisi Miragzamov Jahongir g‘olib deb topildi va unga maktab ma’muriyatining Faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘asi topshirildi.

    Shuningdek mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etgani va o‘quvchilarga kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilim berayotgan informatika o‘qituvchilariga Vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi nomidan Faxriy yorliqlar topshirildi.

              

    Manba: Axborot xizmati