Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT Vaziri Xalqaro elektraloqa Ittifoqining Radioaloqa byurosi direktori bilan uchrashdi.
    21.11.2019

    Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ning 2019 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19)) doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning, Xalqaro elektraloqa Ittifoqining Radio buyrosi direktori Mario Manevich  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
    Xalqaro elektraloqa Ittifoqi va Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar  muhokama qilindi.
    Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi xalqaro darajada radiochastota spektridan foydalanishni tartibga soluvchi XEI xalqaro shartnoma-Radioaloqa Reglamentining to'la huquqli ishtirokchisi ekanligi qayd etildi. 
    Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tegishli ishlarni  olib borishga kelishildi.

     

    Manba: Axborot xizmati