Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Qo'shma deklaratsiya va muhim bitimlar imzolandi
    21.11.2019

    Sharm-el-Shayx (Misr) shahrida Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ning 2019 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasi (BRK-19)) bo'lib o‘tdi.

    Ushbu konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning, Xalqaro elektraloqa Ittifoqi Bosh kotibi Houlin Chjao bilan  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Xalqaro elektraloqa Ittifoqi va Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

    Shuningdek, bir nechta loyihalrni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. It-Park huzurida  «Yosh avlodning robotоtexnik markazi»ni tashkil etish shular jumlasidandir.

    Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalqaro elektraloqa Ittifoqi o'rtasida grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirish uchun qo'shma deklaratsiya qabul qilindi.

    O'zbekiston Respublikasi It-Park huzurida " AKT  sohasida ayollar va yosh avlodning, tadbirkorlik va davlat boshqaruvida malakasini oshirish markazi"ni tashkil etish bo'yicha XEI tomonidan grand yordamini ajratish to'g'risidagi bitim imzolandi.

    Uchrashuv yakunida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tegishli ishlarni  olib borishga kelishildi.

    Manba: Axborot xizmati