Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Yosh informatiklar” bellashuvi o‘tkazildi
    11.11.2019

    Toshkent viloyati Piskent tumanidagi Raqamli Texnologiyalar O‘quv Markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida 7-noyabr kuni  “Kompyuter savodxonligi” hamda “Dasturlashga kirish” fanlaridan  “Yosh informatiklar” bellashuvi o‘tkazildi.

    Mazkur bellashuvdada 12, 13, 14, 15, 16, va 17 yosh toifasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishdi.

     Musoboqani tashkil etish va o‘tkazishda tuman Xalq ta’limi bolimi hamda homiylar Ucell kompaniyasi  Toshkent viloyati savdo bo‘limi ko‘magida Piskent tumani Raqamli Texnologiyalar O‘quv Markazi tomonidan amalga oshirildi.

     

    Manba: Axborot xizmati