Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Armaniston Respublikasi yuqori texnologiyali sanoati vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi
    30.10.2019

    30 oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari B.Olmatov Armaniston Respublikasi yuqori texnologiyali sanoati vazirining o'rinbosari Gegam Levonovich Vardanyan bilan uchrashdi.

    Muloqot chogʻida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik ulkan salohiyatga ega ekanini qayd etdilar va oʻzaro manfaatli boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

    Oʻzbekistondagi soha oliy ta'lim muassasalarida kadrlar tayyorlash va IT-mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunlariga koʻra, ekspertlar darajasida muzokaralarni davom ettirish uchun hamkorlikdagi ishchi guruhini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Manba: Axborot xizmati