Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Bosh vazir kubogi” musobaqalarida AKT vazirligi jamoasi yarim final bosqichiga chiqdi
    25.10.2019

    Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida sportning futbol (erkaklar) hamda voleybol (ayollar) turlari boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqalari oʻtkazilmoqda.

    “Bosh vazir kubogi”ning futbol musobaqalari “Bunyodkor” futbol akademiyasining mashgʻulot maydonlarida tashkil etilyapti.

    Bugun 25 oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Adliya vazirligi jamoasini penaltilar seriyasida 4-3 hisobida yutub yarim final bosqichiga oʻtdi

    Ertaga 26-oktyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi jamoasi bilan yarim finalda  uchrashuv  oʻtkazadi.

    Manba: Axborot xizmati