Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Bo‘ka tumani filialida “Yosh informatiklar” musobaqasi o‘tkazildi
    25.10.2019

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi: aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

    Mazkur vazifalarni ijrosini ta’minlash doirasida Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan 21-oktyabr kuni Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining Bo‘ka tumani filiali tomonidan tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida MS Office, Scratch va C++ dasturlash tili yo‘nalishlarida “Yosh informatiklar” musobaqasi o‘tkazildi.

    Ushbu tadbirda tumandagi maktablardan 12, 13, 14, 15, 16 va 17 yosh chegarasidagi o‘quvchilar qatnashdi.

    Ushbu musobaqa Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi xodimlari I.Abduqayumov, T.Murtozaqulov, M.Mahkamov va Xalq ta’limi bo‘limi vakili A.Uralov kuzatuvida bo‘lib o‘tdi. Musobaqa so‘ngida har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 (1, 2, 3) o‘rinda g‘oliblar aniqlandi va sovrindorlarni taqdirlash uchun Raqamli texnologiyar o‘quv markazi direktori N.Nasrullayev so‘zga chiqdi hamda vazirlikning hududiy boshqarmasi va Uzmobile kompaniyasi homiyligida taqdim etilgan sovg‘alarni ishtirokchilarga berdi.

    Manba: Axborot xizmati