Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Ayollar huquqlari qonun himoyasida
    22.10.2019

    Bugun 2019 yil 22 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunimiz mazmun mohiyatini tizim xodimlariga kengroq tushintirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Ayollar huquqlari qonun himoyasida” nomli davra suhbati o‘tkazildi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xotin qizlar qo‘mitasining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

    Yurtimizda xotin-qizlarning haq-huquqlarini, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, bir so‘z bilan aytganda, opa-singillarimizni jamiyatning teng huquqli, faol va bunyodkor a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayollar muammolarini bartaraf etishga, ularning haq- huquqlarini himoya qilish, oila va jamiyatdagi nufuzini oshirishda respublikamizdagi mavjud barcha vazirlik va idoralar keng jalb qilinayapti, bugun ayollar masalalariga barcha tashkilotlar va ularning rahbarlari boshqacha ko‘z bilan, ya’ni ijobiy va jiddiy qarashmoqda. Bunday yondashuv amaliy va samarali natijalarni bermoqda, xotin-qizlarning yaxshi yashashi, mehnat qilishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati