Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
    21.10.2019

    O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyida “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan “Boqiysan, iftixorimsan ona tilim” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

    Tadbirning faxriy mehmonlari sifatida O‘zbek milliy akademik drama teatrining aktrisalari Vazira Yusupova va Zebiniso Xoliqova, taklif etildi. Mazkur uchrashuv qiziqarli va ijodiy muhitda bo‘lib o‘tdi. 

    So‘zga chiqqanlar dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘ziga xoslik hamda mustaqil davlat ramzi, bebaho ma’naviy boylik, ulkan qadriyat bo‘lib, u mamlakatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi. 

    Davlatimiz rahbarining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori davlat tomonidan ona tilimizga muntazam e’tibor hamda hurmatining yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. 

    Ushbu tarixiy hujjat - "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilinishi bilan so‘nggi yillarda ona tilimiz mustahkam huquqiy poydevor va yuqori maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida - davlat va jamoat boshqaruvida, davlatlararo munosabatlar, fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va san’at sohasida faol qo‘llanilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati