Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • "Til - millat ko'zgusi" mavzusida ochiq muloqat tashkil etildi
    21.10.2019

    "RRTM" DUKda O'zbekiston Respublikasiniing "Davlat tili haqida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish maqsadida  ochiq muloqat tashkil etildi.

    Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti  o'qituvchilari ishtirok etdi.

    Tadbirda so'z olganlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 4 oktabr kuni “Davlat tili haqida”gi qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida Qaror imzolanganligi, mazkur qaror bilan o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanganligi va mamlakatimizda keng miqyosda tadbirlar tashkil etilayotganligi, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, eng avvalo, o‘zbek tilining mavqeini yuksaltirishda 1989 yilning 21 oktyabrida “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi beqiyos ahamiyat kasb etishi, ushbu huquqiy hujjat o‘zbek tilini davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida qo‘llashning qonuniy asoslarini yaratishi barobarida, uni asrab-avaylash, yanada boyitish, ilmiy-ijodiy faoliyatda to‘laqonli foydalanish imkonini paydo qilganligiga to'xtalib o'tishdi.

    O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi uning rivojlanishida, ma’naviy-madaniy meros, umummilliy boylik, oliy qadriyat sifatida shakllanishida kuchli omil bo‘layapti. Shu bilan birga, boshqa tillarning ham izchil taraqqiy topishini har tomonlama kafolatlamoqda. Jumladan, davlat tilini o‘rganish uchun fuqarolarga shart-sharoit yaratish, shuningdek, yurtimizda yashovchi millat hamda elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish Qonunning alohida moddasida mustahkamlab qo‘yilganligigni alohida ta’kidladi.

    Mazkur hujjat davlat boshqaruvida, ijtimoiy hayotda, xalqaro va millatlararo munosabatlarda, ishlab chiqarishda, sudlov ishlarida, notarial harakatlarda, fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlarda, axborot olish hamda inson hayoti va faoliyati bilan bog‘liq turli munosabatlarda davlat tili hamda boshqa tillarning qo‘llanilishini tartibga soluvchi normalarni qamrab olgan.  

    Manba: Axborot xizmati