eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “BOQIYSAN IFTIXORIMSAN ONA TILIM” MA’NAVIY MARIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI
    17.10.2019

    Bugun 2019 yil 17 oktyabr kuni “Davlat tili haqida"gi qonunimiz qabul qilinganining 30 yilligi sanasi oldidan O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Boqiysan iftixorimsan ona tilim” shiori ostida ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q. Yuldashev, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining birinchi o‘rinbosari M. Quronov Taniqli olima falsafa fanlari doktori «Mehnat shuhrati» medali sohibasi Jamila Shermuhammedova ishtirok etdi.

    Tadbirda ta’kidlanganidek, dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.

    Yaqinda Prezidentimiz tomonidan e’lon qilingan “Davlat tili haqida”gi Qonunning 30 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori Ona tilimizga davlatimiz tomonidan qilinayotgan doimiy e’tibor va ehtiromning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

    “Davlat tili haqida"gi qonunimiz qabul qilingandan so‘ng mazkur tarixiy hujjatga binoan o‘tgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi. Hozirgi kunda o‘zbek tili hayotimizning barcha jabhalarida — davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va san’at sohalarida faol qo‘llanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.

    Manba: Axborot xizmati