Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «UZDIGITAL TV» Sharg‘unda ko‘chma ofis tashkil qildi
    16.10.2019

    «UZDIGITAL TV» kompaniyasi o‘zining 10 yillik yubileyi munosabati bilan abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida respublikamizning turli hududlarida ko‘chma ofislarni tashkil qilmoqda.

    Shunday ko‘chma ofislardan biri bugun, 16-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg‘un shaharchasida tashkil etildi.

    Ushbu aksiya doirasida «UZDIGITAL TV» raqamli televideniya xizmatlariga ulangan abonentlar uchun qurilmalarni o‘rnatib berish bepul amalga oshirilmoqda.

    Shuningdek, endilikda pochta bo‘limlarida «UZDIGITAL TV» karta va tyunerlarini xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati