Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • «Toyota Tsusho Corporation», kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    04.10.2019

    2019 yilning 4 oktyabr kuni Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov,  Yaponiyaning «Toyota Tsusho Corporation»,  kompaniyasi  rahbari   Yasuhiro Kakiharada bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvdan asosiy maqsad Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.

    Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida O'zbekistonda axborot – telekommunikatsiya texnologiyalarini jadal rivojlantirish, xususan, "aqlli", "toza" va "xavfsiz" shahar va hududlar tizimlarini joriy etish uchun tegishli infratuzilmani yaratish bo'yicha hukumat tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan Qo'shma loyihalarni davom ettirishga kelishildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining Yaponiyadagi tashrifi 2019 yil 5 oktyabrgacha davom etadi.

    Manba: Axborot xizmati