Новый официальный веб-сайт Министерства цифровых технологий запущен в тестовом режиме по адресу digital.uz.Теперь Вы можете знакомиться с деятельностью Министерства через данный веб-сайт.
eye_icon
Телефон доверия
11-99 Все номера
img_icon
  • Vazirlik qoshidagi IT-maktab 10-sinf o'quvchilari o'rtasida tanlov e'lon qiladi
    12.12.2017

    Vazirlik qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o‘quv yili uchun 10-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:
    1. Maktab direktori nomiga ariza;
    2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport nushasi;
    3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
    4. Yashash joyidan ma’lumotnoma;
    5. 3x4 hajmda 6 ta fotosurat;
    6. 9-sinfni bitirganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma nushasi;
    7. Ota va ona pasporti nushasi. 
     
    Tanlov MATEMATIKA, FIZIKA, INGLIZ TILI fanlaridan yozma shaklda o‘tkaziladi.
    Tanlov davlat (O‘ZBEK) tilida o‘tkaziladi.
    Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida amalga oshiriladi.
     
    Ixtisoslashtirilgan maktab manzili: 
    Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy. 
    Ixtisoslashtirilgan maktab telefon raqami: 262-48-87
     
    Hujjatlar 2017 yil 30 dekabr kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.
     
    Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida ushbu universitetga kirish imtihonlari kabi bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.

    Источник: Пресс-центр